close
Kontent qismiga oʻtish

Rodiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rodiy(Rh)
Atom raqami45
KoʻrinishiOq-kumush rangli
qattiq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
102.9055 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi134 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
719.5(7.46) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Kr] 4d8 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi125 pm
Ion radiusi(+3e)68 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2.28
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasi5, 4, 3, 2, 1, 0
Termodinamik xossalari
Zichlik12.41 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0.244 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik150 Vt/(m·K)
Erish harorati2239 K
Erish issiqligi21.8 kJ/mol
Qaynash harorati4000 K
Qaynash issiqligi494 kJ/mol
Molyar hajm8.3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishikubik
markazlashgan
Panjara davri3.800 Å
Panjara/atom nisbatin/a
Debye haroratin/a K
45
Rodiy
Rh
102,9055
4d85s1

Rodiy (yun. rhodon — atirgul; lotincha Rhodium), Rh — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha boʻlgan bir necha izotopi hosil boʻladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803-yilda metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer poʻstining massa jihatidan 110"7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonkoʻkish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1960°, kaynash temperaturasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 g/sm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa choʻgʻ holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga oʻtadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli boʻladi. Koʻpincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari maʼlum.

Rodiy platina affinajida hosil boʻladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qoʻllanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun qora boʻyoq olishda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil