close
Kontent qismiga oʻtish

Atlassian

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Atlassian Corporation
BERJAYA
BERJAYA
Turi Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Dasturiy ta'minot
Qachon asos solingan 2002 (24 yil avval) (2002) Sidneyda
Asoschi(lari) Mike Cannon-Brookes
Scott Farquhar
Rahbariyat Shona Brown (Kuzatuv kengashi raisi)
Mike Cannon-Brookes (bosh ijrochi direktor)
Mahsulot(lar)i Jira
Confluence
Trello
Bitbucket
Loom
Aylanma daromadi BERJAYA 5,22 mlrd AQSh $ (2025)
Operatsion foydasi Decrease −130 mln AQSh $ (2025)
Boyligi BERJAYA 6,04 mlrd AQSh $ (2025)
Ishchilar soni 13 813 (2025)
Vebsayti atlassian.com

Atlassian Corporation — asosan dasturiy ta'minot ishlab chiqish va loyiha menejmenti uchun moʻljallangan hamkorlik vositalarini taqdim etish bilan shugʻullanuvchi xalqaro kompaniya. Kompaniya 2002-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etilgan boʻlib, 2022-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bosh qarorgohi Sidney shahrida, AQShdagi bosh ofisi esa San-Fransisko shahrida joylashgan[1][2]. Kompaniya 14 mamlakatda 12 000 dan ortiq xodimga ega boʻlib, dunyo boʻylab 200 dan ortiq mamlakat va hududdagi 300 000 dan ziyod mijozga xizmat koʻrsatadi[3][4][5][6].

Atlassian „dasturiy taʼminot sotilmaydi, sotib olinadi“ tamoyili bilan ish yuritadi. Kompaniya anʼanaviy sotuv boʻlimi tuzish oʻrniga, mijozlar mustaqil xarid qila oladigan tizim yaratdi. 2000-yillarning boshlarida bu yondashuv juda xavfli koʻrinardi. Biroq natija kutilganidan yaxshi chiqdi. Mahsulotlar asosan vebsayt orqali sotiladi[7]. Shu bilan birga, kompaniya hamkorlar dasturini ham yuritadi — hamkorlar Atlassian mahsulotlarini targʻib qilish bilan birga, mijozlarga ularni oʻrnatish va sozlashda ham yordam beradi[8][9][10].

2025-yilning fevral oyida Williams Racing jamoasi Atlassian bilan uzoq muddatli homiylik shartnomasini tuzdi. Bu Formula 1 tarixidagi eng yirik homiylik bitimlaridan biri boʻldi. 2025-yilgi mavsumdan boshlab jamoa Formula 1da Atlassian Williams Racing nomi bilan ishtirok etib kelmoqda[11][12].

  1. „Office Envy: Inside Atlassian's San Francisco headquarters“. CNBC (2016-yil 24-fevral).
  2. Business Wire (2022-yil 3-oktyabr). „Atlassian Announces Completion of its Redomiciliation to the United States“. Press-reliz.
  3. Druzin, Bryce. „San Francisco software firm opens Silicon Valley hub“. Silicon Valley Business Journal (2016-yil 28-noyabr). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  4. „Contact“. Atlassian. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  5. „Atlassian Announces Fourth Quarter and Fiscal Year 2022 Results“ (en-US). investors.atlassian.com. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  6. „About Us | Atlassian“ (en-US). Atlassian. Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
  7. Douglas MacMillan. „Atlassian Valued at $3.3 Billion Selling Business Software Sans Salespeople“. Wall Street Journal Digits blog (2014-yil 8-aprel). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  8. Atlassian „Atlassian Partners: Receive Product Support“ (en). Atlassian. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
  9. Player, Chris „Atlassian's partner program comes of age“ (2016-yil 13-oktyabr).
  10. Teal, Kelly „Atlassian 'Doubling Down' on Cloud Means More Margin for Partners“ (2019-yil 5-sentyabr).
  11. Mann-Bryans, Mark „Record title sponsorship for Williams as Atlassian deal announced“ (en). Autosport.com (2025-yil 11-fevral). Qaraldi: 2025-yil 11-fevral.
  12. „Williams announce new title partnership“ (en). Formula 1 (2025-yil 11-fevral). 2025-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-fevral.