Tiraspol
Qiyofa
Tiraspol — Moldovadagi shahar. Dnestr daryosining chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Pristan. Aholisi 186 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shahar 1792-yilda A. V. Suvorov tomonidan kad. moldavan qishlogʻi Staraya Sukleya oʻrnida qalʼa sifatida barpo qilingan. 1929—1940 yillarda Moldova Muxtor Respublikasi poytaxti. Oziq-ovqat (konserva, meva–sabzavot, vino-konyak zavodlari va boshqalar), mashinasozlik (shu jumladan, elektr texnikasi), yengil (toʻqimachilik, tikuvchilik), kimyo, yogʻochsozlik sanoatlari rivojlangan. Universitet, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi bor. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
