close
Kontent qismiga oʻtish

Nansi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nansi — Fransiyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Myort va Mozel departamentining maʼmuriy markazi. Myort daryosi va Marna—Reyn kanali boʻyidagi port. Aholisi 106 ming kishi (1999). N. — Lotaringiya sanoat rayonining iqtisodiy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Elektrotexnika, transport mashinasozligi, poyabzal, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shisha va chinnidan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Un-tlar, institutlar, konservatoriya, nafis sanʼat muzeyi bor. Shahar chetida temir rudasi konlari va metallurgiya zavodi mavjud. N. XVI asrdan maʼlum. XIII—XVIII asrlarda Lotaringiya gersoglarining qarorgohi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1703—42), cherkov (XV asr), Gersog saroyi (XVI asr) va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil