Diametr

Diametr — (yunoncha diametros — koʻndalang) aylana markazidan oʻtuvchi vatar. Shu vatar uzunligi (ikki radiusga teng).
Diametr (yunoncha. diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham diametr deyiladi. Diametr tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Masalan, r radiusli aylana yoki shar diametri 2r ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta oʻqiga, kvadrat va kubniki diagonaliga teng boʻladi. Analitik geometriyada konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq)ning diametri biror yoʻnalishga parallel vatarlar oʻrtasidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻladi. Ellips va giperbolaning D.i ularning markazidan oʻtuvchi, parabolaning D.i esa uning oʻqi va oʻqiga parallel boruvchi toʻgʻri chiziqdan iborat[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Matematikaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
