close
Kontent qismiga oʻtish

Antilivan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antilivan — Suriya bilan Livandagi togʻlar. Uzunligi qariyb 100 kilometr, balandligi 2814 metr gacha (Ash-Shayx togʻi). Yer yuzasi platodan iborat, gʻarbiy tomoni tik, sharqiy tomoni zinapoyaga oʻxshab pasayib boradi. Ohaktosh va qumtoshdan iborat. Sharqida chala choʻl oʻsimliklari, gʻarbiy togʻ yon bagʻri va vodiylarda doim yashil dub oʻsadi. Antilivandan Damashq — Bayrut avtomobil yoʻli va temir yoʻl oʻtgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil