til
til I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]til
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TIL ' ogʻiz boʻshligʻida pastki jagʻga yopishgan, taʼm-maza bilishga, nutq tovushlarini hosil qilishga xizmat qiladigan aʼzo'. Aytsam, t i l i m kuyadi, aytmasam — dilim (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli ' gapir-' maʼno — sini anglatgan ti- feʼlidan (ПДП, 429) -l qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, III, 229): ti- + l = til.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- anat. Ogʻiz boʻshligʻida joylashgan, taʼm-maza bilish, ogʻizga ovqat olish, yalash va sh.k. lar uchun xizmat qiladigan muskulli aʼzo. ◆ Issiqdan itning tili osilgan. ◆ Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim. Maqol ◆ Oʻlguday taxir ekan, tilimni yorguday, ogʻzimni kuydirguday boʻldi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Nihoyat, gapira-gapira qaqragan lablarini tili bilan yalab, Lutfiniso jim boʻldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ ..buzoqchalar boʻyinlarini choʻzib, unga [raisga] tillarini koʻrsatishdi. "Mushtum"
- koʻchma s. t. Asbob, mexanizm va shu kabilarning osilib, qimirlab turadigan qismi. ◆ Soatning tili. Kompasning tili. ◆ Qoʻngʻiroqning tili.
- koʻchma poet. Tigʻga oʻxshash, uchli narsa. ◆ Shamol kuchayib, olovning tili yana ham uzunlashdi. Said Ahmad, „Ufq“ ◆ Tepaga koʻtarilgan quyosh oʻtli tili bilan yer bagʻridagi barcha namni soʻrib olardi. Sharof Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ ◆ Quyosh haroratidan bahramand boʻlgan maysa, Qiyoq tillarin choʻzib, nurga qasida kuylar. Gʻafur Gʻulom
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]til II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]til
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Kishilar oʻrtasida, jamiyatda oʻzaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy oʻrganish obʼyekta. ◆ Odam tilidan topar, hoʻkiz - muguzidan. Maqol ◆ Xotinning bu gapi Boʻtaboyning jon-jonidan oʻtib ketdi, lekin bundagi kuchli mantiq tilini bogʻladi-yu, hech narsa deyolmadi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Hafiza hech narsa deyolmasdi. Uning tillari hali qovushmay gʻoʻldirardi. Mirmuhsin, „Umid“ ◆ -Nikoh qilmay, bir yildan ortiq totuv yashadik. Innaykeyin, - dedi-yu, tili tutilib, gapni aylantirib yubordi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Yusufbek hoji soʻzlar ekan, yuragi mashʼum bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Soʻzlash, gapirish, fikr ifodalash qobiliyati. ◆ Til inson uchun berilgan buyuk neʼmatdir. ◆ Gapirmoqqa tili yoʻqdir jonivor, Rustamning boshida aylanib turar. "Rustamxon"
Til uchida (yoki til uchi bilan) soʻzlamoq (yoki gapirmoq) - sidqidildan emas, shunchaki (yoʻliga) biror soʻz (gap) aytmoq. ◆ Koʻz uchiman koʻzlama, koʻzingga zoʻr kelar, Til uchiman soʻzlama, oʻzingga zarar kelar. Maqol ◆ Uni xush koʻrmasam ham, u, til uchidami, har vaqt manga "jiyanim", deb shirin gapiradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Tilga kirmoq (yoki kelmoq) - soʻzlay boshlamoq (gapirmay turgan holatdan keyin yoki kimningdir gap-nutqidan soʻng). ◆ Oqsoqol derazaning zihiga omonatgina oʻtirib, hakkam-dukkam soqol oʻsgan iyagiga qoʻlini tirab, oʻylanib qoldi. Oxiri tilga kirdi. Said Ahmad, „Hukm“ ◆ Uch-toʻrt daqiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Tilga olmoq - gap-suhbat davomida kimsa yoki narsa haqida gapirmoq, eslab gap aytmoq; umuman, biror soʻzni aytmoq. ◆ Keyin u oʻziga oʻzi tanbeh berdi: "Yomonlikni tilga olma, Normat, bunday boʻlishi mumkin emas". Ibrohim Rahim, „Chin muhabbat“ ◆ Usta "podshoh" soʻzini tilga olgani sababli, Maʼsumabeka labini tishladi. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Tildan ayrilmoq (yoki qolmoq) - soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq. ◆ Pirimboy, urush boshlanganda, yongʻoqning tagida uxlab qolib, tildan ayrildim, deb to urush tugaguncha gung boʻlib yurgan ekan. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ ◆ Hatto tildan qolgan kasalning rozilik tilashib qaragani ham dunyodan umid uzgani emas.. Abdulla Qahhor, „Asarlar“
Tili aylanmaslik - tili gapga kelmaslik, gapirolmay qolmoq. ◆ Munavvar yalt etib qaradi. Roʻzining lablari titrab, tili aylanmay qoldi. "Mushtum"
Tili bormaslik - biror narsa deyishga botina olmaslik, koʻngli boʻlmaslik. ◆ Koʻp vaqtdan beri miyamda bor-u, lekin aytishga tilim bormay keladi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Koʻngliga kelgan gapni ochiq aytishga Nizomjonning sira tili bormasdi. Said Ahmad, „Ufq“
Tili gapga kelmaslik - gap-soʻz aytolmay qolmoq. ◆ Dovdirab qolganimdan, tilim gapga kelmay, "a-a", "a-a" deyman nuqul [dedi Said]. E. Raimov, „Ajab qishloq“
Tili kelishmaslik (yoki kelmaslik) - talaffuz qila olmaslik, ayta olmaslik. ◆ [Hamroqulni] Chaqirgan kishi tomoshabogʻning qorovuli Usta kulol edi. Uning asli oti Stokgulov. Hamroqul, aytishga tili kelishmay, Usta kulol qoʻyib olgan. Abdulla Qahhor, „Tomoshabogʻ“
Tili kelmaslik - gapira olmaslik, soʻzlay olmaslik. ◆ O‘tirgan joyida qoziqdek qoqilib qolgan edi, qutidorning oldiga yurishni-da bilmas, soʻzlashga ham tili kelmas edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Tili chiqmoq - 1) gapiradigan boʻlmoq, gapirishga oʻrganmoq. ◆ Ugʻlimning tili chiqib qoldi, baʼzi soʻzlarni aytyapti. 2) gapiradigan, gapirishga jurʼat etadigan boʻlmoq. ◆ -Tiling chiqib qopti! - U Nafisaning yuziga tarsaki tortib yubordi.. Mirmuhsin, „Topilgan husn“
Tili qisiq - hech narsa deya olmaydigan, qarshi gapira olmaydigan holatli. ◆ Uochkoʻzlar bundan keyin ham meni qoʻshishmaydi.. Ular oldida har vaqt tilim qisiq. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Uning tili qisiq boʻlishiga sabab boʻlgan gunohi shunday sodir boʻlgan edi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Tili qichimoq yoki tilini qichitmoq - soʻzlashga xohish qoʻzgʻalmoq (qoʻzgʻatmoq). ◆ Bu yigit juda tegishqoq boʻlib.. bu gapni ham uning tilini qichitish uchun aytgan boʻlsa kerak.. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Joʻra, oti haqida gap sotishni yaxshi koʻrardi, darrov tili qichidi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Tilimning uchida turibdi - biror soʻz, gapning yodiga tushay deb, aytay-aytay deb turgan holatni qayd etadi. ◆ [Zargarov: (oʻylab)] Tilimning uchida turipti-ya! Xayr, mayli, keyin aytaman.. Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“ ◆ [Said:] Sening ikkinchi oting nima edi, hozir tilimning uchida turuvdi. Ergash Raimov, „Ajab qishloq“
Tilini bogʻlamoq - gapirmaydigan qilib qoʻymoq, gapdan tiyib qoʻymoq. ◆ Bugungi ziyofat oʻqituvchilar bilan orani mustahkamlash, Saodatxonning tilini bogʻlash uchun qilingan. Said Zunnunova, „Yangi direktor“ ◆ ..bu gapni kampirning tilini bogʻlash va, nazarida, durustgina gap topolmay chuldirab oʻtirgan Zunnunxoʻjaga luqma solish uchun aytdi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Tillarda doston - biror kimsa yoki narsaning hammaning ogʻzidan tushmay, taʼrif-tavsifda boʻlgan holatini bildiradi. ◆ Paxtasi, shirin-shakar mevasi tufayli O‘zbekistan nomi tillarda doston. "Saodat" ◆ -Kelinning suluvligi Marg‘ilonda maʼlum ekanmi ? -Maʼlum ekan, tillarda doston ekan. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ - Fikr ifodalash jarayoni va bu jarayonda yuzaga keluvchi soʻz, ibora, gap, nutq. ◆ Til bilan dil bir xil boʻlishi kerak. Toʻgʻri til toshni yoradi, egri til - boshni. Maqol ◆ Besh yashar Turgʻunboy shirin goʻdak tilidan: -Siz zoʻrmi, dadam zoʻrmi? - dedi-da, uyalib, boshini koʻrpasiga yashirdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Bandi shoʻrlar, quloq solgin tilima. "Erali va Sherali"
Til biriktirmoq - oʻzaro kelishib olmoq, biror ish boʻyicha (odatda, kimlardandir yashirin holda) bir fikr-xulosaga kelib olmoq. ◆ Singling qiz dilini bilib chiqsin. Xoʻp desa, til biriktirib, bir kechada ura qochasanlar. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Hisobchi Rahim Hayitboyev bilan til biriktirib.. kolxozning oʻnlab qoʻyini saranjom qilib yubordik. "Mushtum"
Til tegizmoq - izzati nafsga tegadigan, umuman, tegadigan nomaqbul gap qilmoq. ◆ Agarda ustod Qavom hazratlari xonadoniga yana bir nima deb til tegizsangiz, muhtarama ayamlarga aytib beraman. Mirmuhsin, „Meʼmor“ ◆ Bunine oxvati, albatta, yomon. Ulamolarga aslo til tegizmangizlar, Abdishukur! Oybek, „Tanlangan asarlar“
Til topishmoq - oʻzaro bir fikr-mulohazaga kelmoq, shunday holatda ish tutmoq. ◆ Kulollar bilan til topishib, lojuvard koshinlarni oʻz vaqtida yetkazib berishajagiga ishongan Meʼmor.. Ahmad Chalabiy bilan ham ochshshb, quvnab gaplashardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“
Til tortmaslik - til gapga kelmaslik, hech narsa deyolmaslik. ◆ Til tortmay oʻlmoq. ◆ Georgadze daydi oʻqqa duch kelib yiqildi, yiqildi-yu, til tortmay qoldi. T. Rustamov, „Mangu jasorat“
Tilga tushmoq - ayn. ogʻizga tushmoq q. ogʻiz. ◆ Yirik korxonada chiniqib, koʻzi pishgan qizning nomi tilga tushib qoldi. Gazetadan
Tildan qolmoq - soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq. ◆ Gapiray desa, tildan qolganga oʻxshaydi. Said Ahmad, „Laʼli Badaxshon“
Tili uzun - har narsani gapiraveradigan, tap tortmay, haddi sigʻib aytaveradigan. ◆ Bu zamonda.. kim boy boʻlsa, uning ogʻzi katta, tili uzun. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Begimxonning tili uzun boʻlib ketdi. Endi u nima desa, deya oladi. I. Rahim, „Chin muhabbat“
Tiliddan bol tommoq - muomalaning oʻta yoqimli, "shirin" ekanligini qayd etadi. ◆ Nizomiddinning ismini Qavom hazratlari qoʻyganlari, Badiani kelin qilaman, deb tillaridan bol tomib gapirganlari hammaga maʼlum-ku! Mirmuhsin, „Meʼmor“
Tilidan tushirmaslik (yoki qoʻymaslik) - doim eslab tilga olmoq, u haqda doim gapirib yurmoq, doim tilida boʻlmoq. ◆ Seni, boshqa kursdoshlarini tilidan qoʻymaydi. ◆ Buvim oyimlarni yaxshi koʻrardilar. Hozir ham sira tillaridan qoʻymaydilar. E. Raimov, „Ajab qishloq“
Tilini bermaslik - oʻz gapida turib olmoq, gapini maʼqullayvermoq. ◆ Yosh boʻlsa ham, tilini bermaydi. ◆ Bilasanmi, toʻrtta odamning orasiga kirib, hali tilimni bermaganman-a! S. Ahmad, „Xanka bilan Tanka“
Tilini kesmoq - gapidan toʻxtatmoq. ◆ Toʻqli mergan Toʻgʻonbekni maqtashga boshlagan edi, Toʻgʻonbek unga xoʻmrayib, tilini kesdi. Oybek, „Navoiy“
Tilini tiymoq - gap aytish (gapirish)dan oʻzini tutmoq. ◆ Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay, chatoq qildi. Barcha beklarni yomonlab, qargʻab, olovga moy sepdi. Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“
Tilini tishlamoq - majburiy yoki pushaymon holda gapdan toʻxtamoq, gapirmaslik. ◆ Zulfiqor bu gapni eshitishi bilan tilini tishladi, sukut qildi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ ◆ Bir kun kechdi tilini tishlab, Na xursandman, na xafa undan. Rauf Parfi, „Koʻzlar“ - Fikr ifodalash, aloqa quroli boʻlib xizmat qiladigan tovush, soʻz va grammatik vositalar tizimi. ◆ Oʻzbek tili. ◆ Rus tili. ◆ Ingliz tili. ◆ Fors tili. ◆ Chet tillarni yaxshi bilmoq. ◆ [Zayniddin] Hirotning koʻcha yigitlari bilan ularning oʻz tilida, ruhida bir nafas hangamalashar.. Oybek, „Navoiy“ ◆ Odatda ijodkor biron kitob yoki hujjatni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilmoqchi boʻlsa, u avvalo oʻsha originalning tom maʼnosini chuqur bilmogʻi lozim. X. Yodgorov, „Hayot toʻlqinlari“
Ona tili - inson oʻz millatiga mansub kishilar doirasida oʻrgangan, shu millatga mansub boʻlgan til. ◆ Ona tilim - oʻzbek tili. ◆ Meʼmorning sezishicha, bu goʻldirash ularning oʻz ona tilida edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ - Nutqning oʻziga xos ifoda vositalari va b. xususiyatlari farqlanadigan bir turi. ◆ Badiiy asar tili. ◆ Soʻzlashuv tili. ◆ Dehqonlarning tili bilan aytganda, yoʻgʻon choʻzilib, ingichka uziladigan payt. N. Fozilov, „Diydor“ ◆ Bolangizning bir martaba "dada" deganini eshitsangiz, har qanaqa kek esdan chiqadi. Yosh bolaning tili har qanaqa koʻngilni eritadi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
- koʻchma Insondan boshqa narsalarning oʻzaro bir-birini tushunishga xizmat qiladigan vositasi, ifoda vositasi (belgisi). ◆ Qush tilini qush biladi. Maqol ◆ Uzoq-yaqinlarda turli-tuman qushlar oʻz tillarida dilshodlik qiladilar. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
- harb. Kerakli maʼlumot olish maqsadida qoʻlga olingan, tutib keltirilgan harbiy asir. ◆ Qo‘mondonlik Ostonaqullar keltirgan "til"dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli maiumotlarni oldi. A. Rahmat, „Ellik bir bahodir“
- Biror narsa, ish-faoliyatning mohiyati, siri va sh.k. ◆ Yerning tilini bilmoq. ◆ Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina oʻrgangan. Oybek, „Oltin vodiydan shabadalar“ ◆ Bu yerda, sexlar ichra stanok tilin, Boshdan oyoq oʻrgangan harakat yoʻlin. Gʻayratiy
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ot
[tahrirlash]til (koʻplik tillar)
Tarjimalari
[tahrirlash]Tillarda
[tahrirlash]- Ozarbayjoncha: dili
- Ispancha: lengua, idioma
- Inglizcha: language
- Olmoncha: Sprache
- Forscha: زبان
- Fincha: kieli
- Fransuzcha: langue
- Indonezcha: bahasa
- Italyancha: lingua
- Koreyscha: 언어 (eon-eo), 말 (mal)
- Niderlandcha: taal
- Portugalcha: língua
- Rumincha: limbă
- Ruscha: язык (jazýk)
- Shvedcha: språk
- Tojikcha: забон
- Turkcha: dil
- Tuvacha: дыл
- Yaponcha: 言語 (げんご, gengo)
- Yoqutcha: тыл
Ruscha ru
til
1 анат. язык; ◆ tilni chiqarmoq высунуть язык; ◆ tilini tishlamoq прикусить язык; ◆ tilning suyagi yoʻq прям. и перен. язык без костей;
2 язык; речь; // языковой; ◆ oʻzbek tili узбекский язык; ◆ adabiy til литературный язык; ◆ kitob tili книжный язык; ◆ ona tili родной язык; ◆ tildagi shakllar (или formalar) языковые формы;
3 перен. язык; дар речи; речь, слово; ◆ u tildan qoldi у него отнялся язык; он потерял дар речи; ◆ Gap qaytargani Saidiydi til yoʻq edi (А. Ќаћћор, «Сароб».) У Саиди не хватало духу (букв. не было языка) возражать; ◆ tili burro он боек на язык; ◆ tili uzun тот, кто не боится смело говорить; ◆ tili qisqa, tili qisiq тот, кто боится говорить; ◆ ayb oʻzida, shuning uchun tili ham qisqa он сам виноват, потому и боится говорить; ◆ tili oʻtkir 1) острый на язык; 2) слова его доходчивы; всеего слушаются; ◆ til qilichdan oʻtkir посл. слово (язык) острее меча; ◆ til uchida 1) на кончике языка; ◆ tilimning uchila turibdiyu, xayolimga kelmayapti вертится на языке, а вспомнить не могу; 2) на словах, формально, для приличия; ◆ tili bir qarich у него язык хорошо подвешен; ◆ til biriktirmoq сговариваться; устраивать заговор;◆ Qizingni yo birov olib qochgan, yo birov bilan til biriktirib oʻzi qochgan (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Твою дочь кто-нибудь украл или, сговорившись с кем-нибудь, она сама убежала;◆ ularning tili bir они сговорились, они заодно, у них общий язык; aytmoqqa (или aytishga, deyishga, demoqqa) ◆ til bormadi сказать (что-л.) язык не повернулся; ◆ Gapirmoqqa tili boʻlmadi («Алпомиш») Она не могла говорить; У неё язык отнялся; ◆ til tekkizmoq задевать (касаться) в разговоре (кого-чего-л.); ◆ Boy pochchamga nega Roziq tekkizar til?! (Ѓ. Ѓулом, «Кўкан») Зачем Разык задевает моего дядю бая?!; ◆ til tortmay oʻldi он умер мгновенно (не успел издать и звука); ◆ bir oʻzi posbonni til tortqizmay oʻldiribdi он сам убил часового, так что тот не успел издать и звука; ◆ birovga qarshi til qayramoq (букв. точить язык против кого-либо) злословить на чей-либо счёт; ◆ Alisher Navoiyga qarshi tillaringni muncha qayray berdilaring?! (Ойбек, «Навоий») Почему вы так злословите об Алишере Навой?!; ◆ tili chiqdi 1) он начал говорить (о ребёнке); ◆ oʻgʻlimning ham tili chiqib qoldi мой сын уже говорит; 2) ирон. он научился возражать; ◆ uning tili qotib qolgan (букв. язык у него затвердел) ему поздно теперь учиться; ◆ tilga kirmoq, tilga kelmoq обрести дар речи, начать говорить, заговорить (после замешательства, удивления и т. п.); ◆ juvon bir necha minutdan keyin tilga kirdi через несколько минут молодая женщина обрела дар речи; ◆ tilga olmoq упоминать, называть, говорить (о ком-чём-л.); считать заслуживающим разговора; ◆ ... tilga olgulik bir nima ham qilganimiz yoʻq edi (Ойбек, «Навоий») ... мы не сделали ничего заслуживающего внимания; ◆ Yolgʻon gapni nega olding tilingga? («Гўрўѓли») Как смел ты говорить неправду?!; ◆ tilga olmaslik darajada в такой степени, что даже говорить не стоит; ◆ tildan tilga koʻchmoq передаваться из уств уста; ◆ tildan qoʻymaslik, tildan tushirmaslik всё время вспоминать, беспрестанно говорить, твердить (о ком-чём-л.); ◆ u nomingizni tilidan qoʻymaydi он беспрестанно вспоминает вас; ◆ tiling kesilsin! бран. чтоб у тебя язык отсох!; ◆ tilingni tiy! придержи язык!; ◆ tilingni qis (букв. прикуси язык) придержи язык; держи язык за зубами; ◆ dilda nima boʻlsa, tilda ham shu что на уме, то и на языке; ◆ tilida aytmasa ham dilida aytadi хоть он прямо не скажет, но подумает; ◆ aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim kuyadi погов. см. dil 2;◆ toʻgʻri til toshni yoradi, egri til boshni yoradi правдивый язык камень расколет, а лживый язык - голову;
4 перен. тайны, секреты; повадки; ◆ Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina oʻrgangan (Ойбек, «О. в. шабадалар») Рустам хорошо изучил тайны (букв. язык) земледелия;◆ bir-birining tilini bilmoq, bir-birining tiliga tushunmoq знать друг друга, знать друг у друга характер, повадки, тайны, помыслы и т. д.; ◆ qush tilini qush biladi посл. язык птицы понимает птица; соотв. рыбак рыбака видит издалека;
5 воен. язык (пленный, от которого можно добыть нужные сведения); ◆ razvedkachilar til tutib keldilar разведчики привели языка; ◆ U... til tutmoq uchun kishilar yuborish kerakligini uqdirdi (Ойбек, «Навоий») Он толковал о том, что необходимо послать людей на поимку языка;
6 язычок, стерженёк, собачка (в различных механизмах); ◆ soatning tili часовая стрелка; ◆ kompasning tili стрелка компаса;
7 перен. язык; ◆ alanganing qizil tillari красные языки пламени.

