oz
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
oz
Aytilishi
Etimologiyasi
OZ ’kam\ O z soʻzla, koʻp oʻyla (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli a:z tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 93), oʻsha davrlardayoq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, I, 105; DS, 71); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: a:z > az > âz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
- Son yoki miqdor jihatdan uncha koʻp boʻlmagan; kam. ◆ Oz vaqt. ◆ Hovuzda suv oz. ◆ Gap koʻp, koʻmir oz. Maqol ◆ Oz yemak - soz yemak. Maqol ◆ Yaqinda tabiblarga koʻrsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, dedi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Yetarli emas, kifoya qilmaydigan, qanoatlanarli boʻlmagan; kam. ◆ Bir yigitga yetmish hunar oz. Maqol ◆ Maqtanma, gʻoz, hunaring oz. Maqol ◆ Koʻp boʻlsa - ketar, oz boʻlsa - yetar. Maqol ◆ Ikkovimiz oʻtkazadigan oltin umrning oltin minutlarini har qancha oltin soat sanasa oz! Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“ ◆ Elektr quvvati shu qadar oz ediki, nasos motorlarni aylantirishga ham ojizlik qilib qoldi. Said Ahmad, „Ufq“
- rvsh. Baʼzi-baʼzida; goho-goho, kamdan-kam. ◆ Anvar oʻz tengi bolalar bilan oz aloqa qilar, ularga kam aralashar va ortiqcha oʻynabkulmas.. edi. Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ ◆ Qizlik vaqtida Nuri ularning kulbasiga juda oz chiqar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
Bir oz - ozgina, andak. ◆ Bir oz tuzi kam boʻlibdi. ◆ Robiya xola bir oz bukchayganicha, mayda qadamlar bilan shipillab, supaga yoʻl boshladi. Saida Zunnunova, „Olov“
Ko‘pi ketib, ozi qoldi - yarmidan koʻpi ketib, undan ozroq miqdori qoldi (qiyinchilik kunlar, ogʻir ish va shu kabilar haqida). ◆ -Koʻpi ketib, ozi qoldi, - ovutdi uni Usmonjon, - hech narsa emas, bu qiyinchiliklar oʻtib ketadi. Saida Zunnunova, „Olov“
Oz boʻlmasa - naq boʻlmasa; sal boʻlmasa; naq, xuddi. ◆ -Oz boʻlmasa, harom oʻlar ekan, jonivor, - deydi u [yoʻlovchi], bir tutam yashil beda bilan pichogʻini artayotib. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“
Oz qoldi - sal qoldi. ◆ Har safar momaqaldiroq gulduraganda, "oyi", deb dodlab yuborishiga oz qolardi. Sunnatilla Anorboyev, „Hamsuhbatlar“ ◆ Boya sinfda bolalardan biri himoya tilab: "Hurmatli oʻqituvchim!" deb yuborishga oz qoldi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
Eng ozi - kam deganda, eng kami, aqalli. ◆ Uyatni bilsangiz, eng ozi shuning andishasi kerak emasmi? Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Sinonimlari
Antonimlari
ОЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ruscha ru
oz
мало, немного, незначительно; // малый, незначительный (по количеству); ◆ odam juda oz людей очень мало; ◆ juda oz odam немногие люди; ◆ oz miqdor небольшое количество; ◆ ozgina немножечко, чуточку; мало; чуть; ◆ ozgina vaqt немного времени, небольшой промежуток времени; ◆ ozgina-yu, sozgina немного, да хорошо; ◆ sizda ozgina gapim bor мне нужно вам кое-что сказать, мне нужно с вами немного поговорить; ◆ ozgina tuz bering дайте немножечко соли; ◆ bir oz немного, несколько; чуть-чуть; ◆ bir oz keyinroq keling зайдите несколько позже; ◆ ozmi-koʻpmi более или менее; в некоторой (в известной) степени; ◆ oz boʻlmasa чуть было не...; ◆ oz boʻlmasa yiqilardim или ◆ yiqilishimga oz qoldi я чуть было не упал; ◆ oz boʻlsa ham koʻp oʻrnida koʻrasiz см. koʻp 1; ◆ oz boʻlsa - eplab koʻr, koʻp boʻlsa - seplab koʻr погов. если мало - попробуй обойтись, если много - попробуй управиться;◆ oz ye, hamisha ye погов. ешь поменьше, зато почаще; ◆ oz boʻlsin-u soz boʻlsin погов. пусть меньше, да лучше; ◆ oz-ozdan немного, понемногу; ◆ oz-moz немного, немножко; слегка; ◆ oz-moz yomgʻir yogʻib oʻtdi прошёл небольшой дождь; ◆ etigingiz oz-moz loy boʻlibdi ваши сапоги немного испачкались в глине.
