Sentromera
Sentromera (lot. centrum, kentro va meros — boʻlak, qism), kinetoxor — mitoz yoki meyoz boʻlinishda xromosomalarning qutblarga siljishini taʼminlovchi qismi. S.ga boʻlinish duki ipchalari (mikronaychalar) birikadi. [[Xromosomalar S.ning joylashgan oʻrni bilan bir-biridan farq qiladi; bundan xromosomalarni tasnif qilishda foydalaniladi (qarang [[Xromosomalar). S.ning joylashishiga qarab yelkalar (telomerlar) uzunligi oʻzgaradi. S.ning joylashgan oʻrniga koʻra xromosomalar akrotsentrik, metatsentrik, submetatsentrik boʻladi. S. joyining oʻzgarishidan xromosoma mutatsiyalarini aniqlashda foydalaniladi.
Bu hujayra markazi deb ham atalaluvchi tuzilmani 1875 yili Gertvig ochgan.Hamma hayvon hujayralarida topilgan,faqatgina tuxum hujayrasida yetilish davrida yoʻqoladi.Interfaza holatidagi hujayralarda sentromera ikki sentrioladan (diplosoma) iborat boʻlib, bir biriga togʻri burchak ostida joylashadi. Hujayra markazi mitoz jarayonida boʻlinish dukini hosil qilib,boʻlinish davrida sentrosomaning tuzilishini murakkablashtirib, atrofida nurafshon zona - astrofera hosil boʻladi.[1]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=parametrini belgilashingiz kerak. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishdaurl=parametrini belgilashingiz kerak. .
