Ich ketishi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ich ketishi, ich surishi, diareya — tez-tez ich kelishi bilan kechadigan ichak kasalligi, ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni soʻrilishi va shira chiqarish funksiyalari buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ich ketishiga koʻpincha ingichka yoki yoʻgʻon ichakdagi yalligʻlanish (kolit) jarayonlari sabab boʻladi. Meʼda va meʼda osti bezi faoliyatining buzilishi (axiliya, pankreatin), avitaminozlar, surunkali zaharlanishlar, nerv boshqarilishining izdan chiqishi va boshqalar ham ich ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Ichak peristaltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakdagi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga soʻrilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qoʻrqqanda, shuningdek, ichak peristaltikasini kuchaytiradigan ovqat (sabzavot, hoʻl meva, kepakli non va hokazo) koʻp yeyilganda ich ketadi. Baʼzan meʼdada ovqat yetarli hazm boʻlmaganda, masalan, meʼda osti bezi va jigarning sekret (shira, oʻt) ishlab chiqarish funksiyasi buzilganda ovqat tuzuk hazm bulmay, ich surishi mumkin.
Turli mikroorganizmlar (masalan, dizenteriya, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) taʼsirida ichaklar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yalligʻlanib, koʻpincha ich ketishi ga sabab boʻladi (qarang Enterit). Ich ketishi alohida kasallik boʻlmay, dizenteriya, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar, ich terlama, paratif, vabo, surunkali ichak yalligʻlanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar belgisidir. Shu bois ich ketganda darhol vrachga murojaat kilish kerak. Ichak yalligʻlanganda goh bijgʻish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi, mas, ingichka ichak yalligʻlanganda bijgʻish, yugʻon ichak yalligʻlanganda chirish ustun boʻladi. Ich ketishining davosi va parhezi ham shunga qarab belgilanadi.
Mishyak, simob, kislota, ishqor kabilardan zaharlanishda, shuningdek, baʼzi sabablarga kura organizmda hosil boʻlib, unda unlashib qolgan endogen toksinlardan zaharlanishda ich ketishi mumkin (masalan, uremiyada ich ketishi). Gijjalar ham ichakni yalligʻlantirib, ich surishi mumkin.
Ich ketishini toʻgʻri davolash uchun uning sabablarini bilish va ularni bartaraf qilish kerak. Ich ketishining xiliga va sababiga qarab parhez qilishning ahamiyati katta. Mas, ichakda bijgʻish jarayoni ustun boʻlsa, uglevodli ovqatlar (mas, xamir ovqat, shirinlik) cheklanib, asosan, oqsilli ovqat (tvorog, tuxum, gusht yoki baliq) buyuriladi, chirish jarayoni ustun boʻlsa, oqsilli ovqat (ayniqsa goʻsht, tuxum) oʻrniga uglevodli ovqat (shirinlik, pishirib ezilgan sabzavot), hoʻl meva, shovla, shirguruch, shirqovoq va sh.k. ovqatlar buyuriladi. Dorilar va parhez haqida vrachdan maslahat olish ke-rak.
Qoshimcha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diareya Ich ketishi yoki diareya (yunon-diiya harakatlari, rriyo-muddati) — tez-tez defeksatsiya (kuniga 2 martadan ortiq), bunda axlat massasi suyuq. Diareya odatda tezlashtirilgan ichak peristaltikasi bilan bogʻliq va bu tez harakatlanish natijasida ichaklar orqali va ichak mahsullarini tezlashtirilgan evakuatsiya qilish natijasida yuzaga keladi. Diareya, shuningdek, ichakda suv va elektrolitlar soʻrilishining kamayishi, ichak boʻshligʻiga sekretsiyani kuchayishi va shilimshiqni oshirib yuborishga asoslangan. Agar bu ichak shilliq qavatining yalligʻlanishiga olib keladigan boʻlsa, suyuq axlatda turli xil o 'shimchalar paydo boʻladi. Diareyaning asosiy sabablari quyidagicha. Oshqozon-ichak traktining kasalliklari sekretor etishmovchiligi oshqozon saratoni, oshqozon yarasi, nospesifik kolit, pankreatit, gepatit, jigar sirozi va boshqalar bilan gastrit. Ichak infektsiyalari — dizenteriya, xolera va boshqalar. Disbakterioz. Zaharlanish, jumladan, oziq-ovqat zaharlanishi. Endokrin tizim ķasalliklari- tirotoksikoz, diabet va boshqalar. Metabolik kasalliklar — gipovitaminoz, amiloidoz va boshqalar. Yatrogenik sabablar orasida ichni boʻshashtiruvchi ori vositalari, magneziy tuzlari boʻlgan antasidlar va boshqalar mavjud. Alimentar sabablari — ortiqcha ovqatlanish, shoshilib ovqatni isteʼmol qilish,. Psixogen sabablar stressli holatlarda. ayiq kasalligi deb atalishi mumkin; mumkin boʻlgan ertalab diareya — „diareya-signal soatlari“. Patalogik jarayonnig joylashish oʻrniga koʻra diareya enteral (enteritda- ingichka ichakning yalligʻlanishi) ea kolitik (kolitda- yoʻgʻon ichakning yalligʻlanishi) turlari farglanadi. Enteral diareyada sutkasiga 3-6 marta juda koʻp, suyuq, sariq-yashil tusli ich ketadi. Kolitik diareya uchun sutkasiga 10 marotaba va undan ham koʻproq ich ketishi xarakterli. Najas odatda kam, kichik boʻlakli, koʻpincha shilliq aralash, baʼzi hollarda esa qon aralash ham boʻlishi „tupiksimon“, mumkin. Diareya bilan og 'rigan bemorlar parvarishi. Bu birinchi navbatda bemor tanasi, shuningdek yotoq joyi va kiyimini toza saqlashdan iborat. Bemor hojatini unitazda emas, balki shifokor najasni tekshirishi uchun tuvakda bajarishi kerak. Har bir hojatdan soʻng bemorning orqa chiqaruv teshigini atrofi kuchsiz dezenfiksiyalovchi moddalar bilan ohista artish kerak. Uzoq davom etadigan ogʻi diareya organizmning koʻp miqdorda elektrolitlamni (K, Na, Mg va boshqalar) yo qotishiga, suvsizlanishiga va arterial bosimini tushushiga olib keladi. Shuning uchun hamshira doimo bemor ahvolini, puls sonini, arterial bosimini, bemor qabul qilgan suyuqlik hajmini, bemomning necha marotaba hojatga chiqqanini va najas koʻrinishini kuzatib borishi kerak. Bemor ogʻirligi har kun oʻlchanib, qayd qilib borilishi zarur. Koʻpincha diareyaga turli infeksiyalar sabab boʻladi. Shuning uchun avvalambor diareya sababchisini yoʻqotish kerak. Bunday bemorlarga palatada deraza oldidan joy ajratiladi, bemorga zarur buyumlar qoldiriladi. Bemor palatasi kuniga 2-3 marotaba nam holda tozalanishi zarur. Pol issiq sovunli vasodali suv bilan artiladi, eshik ushlagichi, tualet oʻtirgʻichi, unitaz va tualet poli suyuq dezinfeksiyalovchi eritma bilan artiladi. Bu tozalov uchun alohida chelak va lattadan foydalaniladi. Bu chelak va latta ham vaqti vaqti bilan dezinfeksiyalab yoki qaynatib tozalanib turiladi. Bunday bemorlarga tegishli vqat idishlari boshqa bemorlar ovqat ïidishlaridan ajratilgan holda alohida sovun va sodali issiq suvda yuviladi, 15 min qaynatiladi va alohida saqlanadi. Ovqat qoldiqlari ham xlorli ohak bilan 1:2 nisbatda aralashtirib, 1 soatga qoldiriladi va soʻngra zararsizlangandan soʻng kanalizatsiyaga toʻkiladi. Agar bemor alohida tuvakdan foydalangan boʻlsa, tuvak dezinfeksiya qilingandan soʻng, qoʻshimcha skameyka ustiga, ostiga toza qogʻoz qoʻygan holda qoʻyiladi. Tuvak har gal almashtirilganda ostidagi qogʻoz olib yoqib yuboriladi va oʻrniga boshqasi qoʻyiladi. Tuvakdagi siydik va najas quruq xlorli ohak bilan 1:2 nisbatda aralashtirib 1 soatga qoʻyiladi. Soʻngra kanalizatsiyaga toʻkib tashlanadi. Bemor buyumlari har kuni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvilishi, soʻngra kamida 15 minut qaynatilishi zarur. Iflos choyshablar alohida yigʻiladi va sovun-sodali suv solingan bakka 15 minutga solib qoʻyiladi. Najas tekkan choyshablar suv bilan yuvilib, quruq xlorli ohak solingan idishga soat solib qoʻyiladi. Bemorga qarovchi hamshira ham yuqoridagi tozalov ishlarini bajarganda ustiga xalat kiyishi, gigienik qoidalarga rioya etishi zarur. Tozalov ishlari tugagach albatta qoʻlini. sovunlab yuvib, zararlangan xalatni yechishi, oyoq kiyimini dezinfeksiyalovchi moddalar bilan artishi zarur. Hamshira diareya boʻlgan bemorga har kuni kamida 1,5-2 1 suyuqlik, yaʼni limon choy, naʼmatak qaynatmasi yoki chernik sokidan ichib turishi lozimligini tushuntirishi zarur.
Oldini olish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tartib bilan toʻgʻri ovqatlanish (ovqatni har kuni maʼlum soatlarda, shoshmasdan, meʼyorida yeyish), oziq-ovqatni buzilishi va ay-nishidan saqlash, ovqatni yaxshilab pishirish muhim. Hayajonlanish, qoʻrqishdan kelib chiqadigan (nevrogen) ich ketishining oldini olish uchun nerv sistemasini chiniqtirish kerak. Meʼda faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan ich ketishining oldini olish uchun meʼda kasalliklarini davolatish va oldini olish zarur. Qoʻl, idish-tovoqni toza tutish, ogʻrigan tishni oʻz vaqtida davolatish kabi shaxsiy profilaktika choralari koʻriladi.
