close
Kontent qismiga oʻtish

Elektron hisoblash mashinasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(EHMdan yoʻnaltirildi)

Elektron hisoblash mashinasi (EHM) — asosiy funksional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimoʻtkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM — analog raqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi XX asr 40-yillarida paydo boʻlgan. 70-yillardan boshlab kompyuter keng rasm boʻla boshladi. EHM ning boshqa tipdagi hisoblash mashinalariga nisbatan afzalligi (tez ishlashi, ixchamligi, puxtaligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishy va boshqalar) tufayli ilmiy-texnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarda keng qoʻllanilmoqda.