Diesel S.p. A. (talaffuzi:Dizal) – Italiya dizayn kompaniyasi, shuningdek, moda kiyimlari va denim yoʻnalishidagi aksessuarlar savdo belgisi. Kompaniya asoschi Renzo Rossoga tegishli boʻlib, Italiya shimolidagi Molvene shahrida joylashgan. Aylanmasi taxminan 1,5 milliard yevro boʻlgan „Only the Brave“ xoldingi tarkibiga kiradi. Xoldingning „Staff International“ ishlab chiqarish kompaniyasi, „Maison Margiela“, „Viktor & Rolf“ brendlari va boshqa bir qator shoʻba korxonalari mavjud[1].